Maxfiylik siyosati
MAXFIYLIK SIYOSATI
Mas’uliyati cheklangan jamiyat "ALPHAZET TECHNOLOGIES" HOOPLA shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash siyosati
Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash siyosati (keyingi o‘rinlarda – Siyosat) O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 2 iyuldagi № ZRU-547 Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash tartibini hamda ularni himoya qilish choralarini belgilaydi.
1.2. Ushbu Siyosat "HOOPLA" xizmati, ilovasi va landingi orqali foydalanuvchilardan olinishi mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga hamda foydalanuvchilar bilan telefon qo‘ng‘iroqlari kabi o‘zaro aloqalarga nisbatan qo‘llaniladi.
1.3. Ushbu Siyosat ochiq hujjat hisoblanib, "HOOPLA" ilovasida joylashtiriladi.
Asosiy tushunchalar
2.1. Operator – "ALPHAZET TECHNOLOGIES" MCHJ, mustaqil ravishda "HOOPLA" ilovasi doirasida shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni tashkil etuvchi hamda ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari, yig‘iladigan va qayta ishlanadigan ma’lumotlar ro‘yxati hamda amalga oshiriladigan operatsiyalarni belgilovchi tashkilot.
2.2. Foydalanuvchi – voyaga yetgan, "HOOPLA" ilovasi orqali hamkor qahvaxonalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanadigan jismoniy shaxs.
2.3. Hamkor – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor, "HOOPLA" bilan hamkorlik doirasida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi shaxs.
2.4. Shaxsiy ma’lumotlar – muayyan foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan va uning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi ma’lumotlar.
Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash
3.1. Shaxsiy ma’lumotlar "HOOPLA" ilovasida ro‘yxatdan o‘tishda yoki obuna rasmiylashtirish jarayonida yig‘iladi.
3.2. Operator quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash huquqiga ega:
- Familiya, ism, sharif;
- Telefon raqami;
- Elektron pochta manzili;
- "HOOPLA" ilovasidan foydalanish haqidagi ma’lumotlar.
3.3. Shaxsiy ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda yig‘iladi va ishlatiladi:
- "HOOPLA" ilovasida mavjud bo‘lgan xizmatlarni taqdim etish;
- Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va foydalanuvchi tajribasini tahlil qilish;
- Hamkorlar oldidagi shartnoma majburiyatlarini bajarish.
4.1. Operator shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish va ma’lumotlarning sizib chiqishidan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.
4.2. Shaxsiy ma’lumotlar uchinchi shaxslarga faqat Foydalanuvchi va Operator o‘rtasidagi shartnomani bajarish doirasida yoki qonuniy asoslar mavjud bo‘lsa uzatilishi mumkin.
Yakuniy qoidalar
5.1. Operator ushbu Siyosatni qonunchilikdagi o‘zgarishlar yoki "HOOPLA" xizmatining rivojlanishi munosabati bilan o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.2. Siyosatning yangi tahriri "HOOPLA" ilovasida e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
5.3. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlari bo‘yicha so‘rovni Operatorning elektron pochta manziliga yuborishi mumkin.